Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Har 15 daqiqada oqimi to‘xtab qoladigan g‘alati buloq

Intermitten Spring (to‘xtalib qoladigan prujina) bulog‘i dunyodagi eng sirli tabiat mo‘’jizalaridan biri sifatida tanilgan, chunki u har 15 daqiqada o‘z oqimini to‘xtatadi.

Тайна странного ручья, который перестаёт течь каждые 15 минут

Ushbu g‘alati soy AQShning Vayoming shtatidagi Afton shahriga yaqin joylashgan. Nomlanishidan kelib chiqib, oqimdagi suv taxminan 15 daqiqa davomida uzluksiz oqadi, so‘ngra bir vaqtning o‘zida to‘xtab qoladi, birmuncha vaqtdan keyin asl aylanish jarayonini davom ettiradi.

Soyning suvi muzdek sovuq va tiniq.
Bu yerga kelgan sayyohlar katta suv oqimi qoyadagi teshikdan pastga tushib, go‘zal kichik jilg‘a hosil qilishi, taxminan 15 daqiqadan so‘ng oqim qurib qolishi va bu hodisa qayta va qayta takrorlanib turishining guvohi bo‘lishadi.

Hozirgacha soyning muttasil oqmasligining sababi hamon mutaxassislarning bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lgan muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Biroq, ular bu sirni tushuntirish uchun juda ishonarli nazariyani o‘ylab topishdi.

Mutaxassislar oqimning to‘xtab qolish maromi tabiiy sifon (yuqoriroqdagi idishdan pastroqdagi idishga suyuqlik o‘tkazadigan bukik naycha) ning ta’siriga bog‘liqligi va uning natijasida suv to‘plangach, pastga tushadi, oqadi va keyingi safar to‘planguncha to‘xtab qoladi, deb ta’kidlashmoqda.

Farazga ko‘ra, yer osti g‘orida uzluksiz suv oqimi mavjud bo‘lib, uning eng yuqori nuqtasi oqim yuzasidan yuqoriga joylashgan g‘ordan chiqish yo‘li bo‘ylab tor quvur hosil qiladi.

Схема сифонного эффекта, возникающего у ручья Интермиттен Спринг. Фотография: Bonacci & Bojanic.

“Ayni damda biz bundan ishonchliroq tushuntirish topa olmayapiz. Buloq suvidagi gazlar miqdori tekshirilganda, suv havo bilan to‘yinganligi aniqlandi. Bu esa yana bir bor sifon nazariyasining haqiqiyligini tasdiqlaydi -, deydi Yuta universiteti gidrologi professor Kip Solomon. - Oqimning davriyligining yaqqol namoyon bo‘lishi yozning oxiridan kech kuzgacha sodir bo‘ladi. Shu sababli bu noyob tabiat mo‘’jizasini tadqiqot qilishni xohlaydiganlar uchun eng yaxshi vaqt", qo‘shib qo‘ydi professor.

Тайна странного ручья, который перестаёт течь каждые 15 минут

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.