Harbiy xizmatchilar o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samaraqand viloyati kengashi tashabbusi bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh harbiy xizmatchilar  o‘rtasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusidagi insholar tanlovining tuman bosqichlari o‘tkazildi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda 21 nafar yosh harbiy xizmatchilarga tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish huquqi taqdim etildi.

Xayrullo O‘LMASOV.