“Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi
3–15 fevral kunlari respublikamiz hududida Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan o‘quvchilardan tashkil topgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqa davomida otryad a’zolari 9 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Jumladan, safda yurish va saf elementlari, "AK-74" qurolini qismlarga ajratish va yig‘ish, mohir mergan, kamondan o‘q otish, 20 metr masofaga arqondan o‘tish, umumqo‘shin himoya vositalarini kiyish, turnikka tortilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” shartlari bo‘yicha baholandi.
Mazkur harbiy-sport musobaqalari Mudofaa vazirligining harbiy qism va muassasalari bazalarida tashkil etildi. Shuningdek, shaxsiy natijalari yuqori va rekord ko‘rsatkichlarni qayd etgan ishtirokchilar xalqaro musobaqalarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishlari ta’kidlandi.
Samarqand viloyati bosqichida agentlik tizimidagi maktablarning “Vatan tayanchi” otryadlari ishtirok etib, jami 19 ta jamoa musobaqa shartlari bo‘yicha kuch sinashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
- Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Turon arslonlari” jamoasi 1-o‘rinni,
- Past Darg‘om tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining “Ko‘k bo‘ri” jamoasi 2-o‘rinni,
- Past Darg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Past Darg‘om yo‘lbarslari” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada g‘olib bo‘lgan “Turon arslonlari” jamoasi “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.