Harbiy xizmatchilar Past Darg‘omdagi olis qishloqlarni dezinfeksiya qildi
Dunyo bo‘ylab tobora globallashib borayotgan koronavirus infeksiyasi mamlakatimizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Unga qarshi kurashishda vatandoshlarimiz karantin qoidalariga qat’iy amal qilib, o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
Bu kabi tadbirlarda harbiy xizmatchilar ham jonbozlik ko‘rsatyapti.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi radiatsion kimyoviy biologik muhofaza sikli va tibbiyot xizmati ishchi xodimlaridan tuzilgan dezinfeksiya guruhi maxsus harbiy texnikalar bilan Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumaniga qarashli olis qishloqlar, mahallalar, ko‘chalar va xonadonlarni dezinfeksiya qilishdi. Olis qishloqlarni dezinfeksiya qilish ishlari bilan bir qatorda, harbiy texnikalarga o‘rnatilgan maxsus ovoz kuchaytirgichlar yordamida karantin qoidalariga qat’iy amal qilish, koronvirusning oldini olish, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda fuqarolarimizdan vahimaga tushmaslik haqidagi maxsus murojaatlarni eshittirish orqali xalqimizga yordam qo‘lini cho‘zdi. Shuningdek koronvirusdan saqlanish bo‘yicha maxsus ma’lumotnoma materiallari va niqoblar fuqarolarimizga tarqatildi.
Bu kabi tadbirlar mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.