Havaskor ijodkorlar Narpayni tarannum etdi

Bundan avvalroq Narpay tumani hokimligi tomonidan “Navqiron Narpayimni tarannum etaman” shiori ostida ijodiy ko‘rik-tanlov e’lon qilingan edi.

Yetmishga yaqin qalamkashning ijod namunalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi respublika va viloyat bo‘limlari a’zolari bo‘lgan taniqli shoir va yozuvchilar tomonidan baholandi.

Natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin O‘lmas Xolmo‘minovga nasib yetdi. Narpayni tarannum etgan mahalliy qalamkashlar - Ruxsora To‘xtamisheva hamda Hasan Isoqov (Usta Hasan) 2 va 3-o‘ringa munosib topildi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi chinakam she’riyat kechasiga aylanib ketdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi xodimi, shoira Zuhra Begim, tuman hokimi Sherzod Rahmonov va boshqa taniqli shoir va yozuvchilar havaskor qalamkashlarga ijodiy zafarlar tiladi.

Tanlov g‘oliblariga tuman hokimligining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.