Haydovchilar yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin
Hukumat qarori (609-son, 27.09.2021 y.) bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunchilikka ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar IIB xodimlari ishtirokisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish orqali sug‘urta tovonini olish tartibi joriy etilgan.
Shunga muvofiq, 2021 yil 1 noyabrgacha sug‘urta tashkilotlarining veb-saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi.
Xabarnoma ikki nusxada quyidagi asoslar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lganida tuziladi:
➖ jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
➖ ishtirokchilardan biri o‘z aybiga iqror bo‘lmaganida;
➖ hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
➖ hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo‘lganida;
➖ ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan bo‘lsa;
➖ haydovchilik guvohnomasi, ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo‘l varaqasi mavjudligi;
➖ haydovchilar mast bo‘lmasa;
➖ transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.
Qaror 2021 yil 25 noyabrdan kuchga kiradi.