IIV asossiz ma’lumot tarqatayotgan ijtimoiy tarmoq faollariga arzon piar ortidan quvishni bas qilishlarini so‘radi
- 01.12.2020 21:00
- 153
- O‘zbekiston
Oxirgi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda alohida davlat organlarining rahbarlarini lavozimida qolish yoki ketish masalalarida tekshirilmagan va asossiz ma’lumotlarni tarqatish holatlari kuzatilmoqda.
Albatta, o‘z hurmatini bilgan har qanday ijod ahli ommaga tarqatayotgan ma’lumotining tekshirilganligi yoki hech bo‘lmaganda xolisligi xaqida qayg‘uradi. Lekin shu bilan birga, so‘z erkinligini “taltayishga” yoki “masxarabozlikka” aylantirishga urinayotgan fuqarolarni ham kuzatishimiz mumkin.
Shu sababli ayrim ijtimoiy tarmoq faollaridan oddiy etika qoidalariga rioya etishlarini hamda arzon piar ortidan quvishni bas qilishlarini so‘raymiz.
Teglar:
IIV