IIV yurtimiz bo‘ylab bola o‘g‘rilari paydo bo‘lganligi haqidagi xabarga izoh berdi

“Yurtimiz bo‘ylab bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgan”ligi to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.

Ushbu ma’lumotlar haqiqatdan yiroq. Shuningdek, yurtimiz bo‘ylab harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoiy guruhlar paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo‘q.

IIV asossiz ma’lumotlarni tarqatib, vahima uyg‘otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo‘yicha chora ko‘rmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Vahima va mish-mishlar manbai bo‘lib qolmang.

Agarda sizda biror-bir ma’lumot bo‘lsa, ichki ishlar organlari bilan bog‘lanib, uni aniqlashtirib oling", deyilgan IIV axbrot xizmati xabarida.