O‘tgan yili 133 nafar ichki ishlar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan

"Yuksalish" umummilliy harakati tashabbusi bilan o‘tkazilgan jamoatchilik muloqotida ichki ishlar organlari faoliyati muhokama qilindi.

IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov tizimga adashib kirib qolganlar haqida ma’lumot berdi:

— Safimizni adashib kirib qolganlardan tozalash bo‘yicha ko‘p ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2019 yilda jami 7039 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. Yo‘l harakati qoidalarini buzgan 1223 xodim jarimaga tortilgan. 133 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Joriy yilda esa 2350 xodim xizmat intizomini buzgani aniqlandi. 529 nafari yo‘l harakati qoidalarini buzgan hamda 45 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan. 78 nafar xodimimiz karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilgan, bir nafari ishdan bo‘shatilgan.

So‘zda emas, amalda qonun ustuvorligini ta’minlash — asosiy vazifamizdir.