IIV xodimlaridan jabr ko‘rganlar uchun ishonch raqami ishga tushirildi

Agarda siz ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, zudlik bilan 1102 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov xabar berdi.

Murojaat qilgan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi ma’lum qilingan.