IIV soxta dezinfektorlarni uyga kiritmaslikni so‘radi

Ma’lumki, koronavirus infeksiyasining keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mamlakatimizda karantin e’lon qilindi.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan begonalarni uyga kiritmaslikni iltimos qildi. Chunki ular koronavirus infeksiyasiga qarshi dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish bahonasida jinoyat sodir etish maqsadida kelgan bo‘lishlari mumkin.

"Kattalar ishda bo‘lgan vaqtda bolalar uyda yolg‘iz qolishadi. Xuddi shunday holat qariyalar bilan ham. Ular juda ishonuvchan, shu bois nopok insonlar uchun aldash qiyinchilik tug‘dirmasligi mumkin.

Shuning uchun katta yoshdagilardan begonalarni uyga kiritmaslikni iltimos qilamiz. Hatto ular koronavirus infeksiyasiga qarshi dezinfeksiya ishlarini o‘tkazishimiz kerak, degan holatda ham ishonmaslikka chorlaymiz. Chunki bu jinoyat maqsadida keltirilgan bahona bo‘lishi mumkin.

Bu kabi talab bilan uyingizga biron bir kimsa kelgan taqdirda “102” qisqa raqamiga yoki hududingizda faoliyat yurituvchi profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz", deyilgan xabar