Ijarada turgan ayol o‘g‘irlikda gumonlanib qo‘lga olindi
- 24.06.2020 18:15
- 155
- Jinoyat va jazo
Joriy yilning 21 iyun kuni soat 19:30 da Toshkent shahar ichki ishlar organlariga 36 yoshli Zilola A. murojaat qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Bektemir tumanida joylashgan, unga tegishli bo‘lgan xonadondan ikkita mobil telefon, kiyim va 425 ming so‘m pul yo‘qolgan.
So‘roq davomida Zilola uning uyida Toshkent viloyatilik 19 yoshli Diyora A. ijarada turishini aytdi. Buyumlar yo‘qolgach, qiz ham yo‘qolgani aniqlandi.
Toshkent IIBB xabar berishicha, 23 iyun kuni o‘g‘irlikda gumonlanuvchi tariqasida Diyora A. jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
O‘g‘irlik fakti asosida Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Teglar:
o‘g‘irlik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa