Ilk bor litiy, grafit kabi xom ashyolar o‘zimizda ishlab chiqariladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Butun dunyoda talab oshib borayotgan, elektromobil, elektrotexnika, yashil energetika sohalari uchun muhim bo‘lgan litiy, grafit kabi xom ashyolarni ilk bor o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Jumladan, Toshkent viloyatida yiliga 8 ming tonna litiy, Buxoroda 50 ming tonna grafit ishlab chiqariladi.

Ohangarondagi mis, Bekoboddagi qora metall, Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi klasterlarida 10 milliard dollarlik 46 ta korxona barpo etiladi”, – dedi nomzod.