Illyuminatsiya mashhur binolarni qanday o‘zgartiradi?
Tungi yoritkichlar mashhur me’moriy durdonalarning qiyofasiga sir, dramatizm yoki yorqin zamonaviy joziba qo‘shishi mumkin. Bu turdagi charog‘bonlik tunda biz kunduzi ko‘rishga odatlangan ko‘plab binolarni butunlay o‘zgartirib yuborib, ularni haqiqiy yorug‘lik va sharpa san’ati asarlariga aylantiradi.
Ushbu tanlovda illyuminatsiya kishining dunyoning mashhur diqqatga sazovor joylari haqidagi tasavvurini qanday o‘zgartirib yuborishi haqida misollar keltirilgan.
Piza minorasi, Italiya
Minora yiliga bir marta - 16 iyun kuni shaharda o‘tkaziladigan Luminara festivalida shu tarzda yoritiladi.
Sidney opera teatri, Avstraliya
Ushbu bino yillar davomida o‘zida barcha tasavvur qilinishi mumkin bo‘lgan va tasavvur qilib bo‘lmaydigan yoritish variantlarini sinab kelmoqda.
Xeops piramidasi, Misr
Qadimgi binolarga hayratlanarli darajadagi lazer shoular va rang-barang yorug‘liklar juda yarashadi.
Empayr-steyt-bilding, AQSh
“Imperiya shtati binosi” deb tarjima qilinadigan osmono‘par binoning yuqori qavatlari o‘ziga xos zamonaviy tarzda yoritiladi.
Rashmor tog‘idagi yodgorlik, AQSh
Lekin bu tog‘ odamni qo‘rqitadigan darajada yoritilibdi...
Notr-Dam-de-Pari
Suratlar 2024 yilda sobor qayta tiklanganidan keyin olingan.
“Maydon” nomli ko‘prik, Dubay
Ko‘prik xuddi shu nomdagi otchoparning VIP-kirish joyidir.
«Xon Chodir» savdo markazi, Qozog‘iston
Bino haqiqatan ham ulkan chodirga o‘xshatib qurilgan.
Al-Hazna, Petra, Iordaniya
Uning oldidagi maydon minglab ichida shamlari bor chiroqlar bilan yoritilgan.
Kanada parlamentining markaziy bloki, Ottava
Ayniqsa, davlat ramzi hisoblanmish chinor bargi ta’sirli ko‘rinadi.
Eyfel minorasi
Vaqti-vaqti bilan minora Fransiya bayrog‘i ranglaridagi libosini “kiyib” turadi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.