Imom Buxoriy majmuasiga eltuvchi yo‘l kengaymoqda

- Korxonamiz tomonidan Imom Buxoriy majmuasiga eltuvchi Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 6-9-kilometrlari hamda Eshimoqsoq qishlog‘i - M-37 4K493 avtomobil yo‘lida qurilish, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, - deydi "Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish" unitar korxonasi ish yurituvchisi Ahmad Jo‘rayev. - Reja bo‘yicha mazkur yo‘lning 11-kilometrigacha mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirishimiz belgilangan.

Eshimoqsoq qishlog‘i - M-37 4K493 avtomobil yo‘li qurilish ishlari "New Tech Samarkand" MChJ yo‘lsozlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur avtomobil yo‘lining bir tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Korxona bo‘lim boshlig‘i Nikolay Nikolayevning aytishicha, ushbu yo‘l bugungi kun talablariga mos tarzda bunyod etiladi. Ikki tomonlama uch qatnovdan iborat yangi yo‘lning o‘rtasi maxsus metall qurilmalar bilan ajratiladi.

Alisher ISROILOV.