Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand anjumani o‘tkaziladi

Shu yilning 11 iyunida onlayn-rejimda Parlamentlararo ittifoq ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Uning ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, bundan avval 2019-2023 yillarga PAI Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan Akmal Saidov ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, PAI eng keksa xalqaro tashkilotlardan biri bo‘lib, parlamentlararo muloqotning eng yirik maydonchasi hisoblanadi. 1889 yilda tashkil qilingan ushbu tuzilma hozirgi kunda 179 ta mamlakatni, shuningdek mintaqaviy parlament birlashmalaridan 13 ta a’zoni qamrab oladi.

PAI ning Ijroiya qo‘mitasi 18 ta a’zodan iborat bo‘lib, ular Tashkilot doirasida barcha 6 ta geosiyosiy guruhlarni birlashtiradi va uning ma’muriy organi vazifasini bajaradi. 

Ijro qo‘mitasining videokonferensiya shaklida o‘tgan ushbu yig‘ilishining kun tartibi o‘z ichiga quyidagi bandlarni qamrab olgan: 

- PAI raisi va bosh kotibining faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi hisobotlarini tinglash;

- Parlamentlararo ittifoqning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasini implementpatsiya qilish jarayoni; 

- BMT institutlari bilan o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari; 

- moliyaviy masalalar va PAI faoliyatining oshkoraligini ta’minlash choralari.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi nuqtai nazaridan vujudga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda PAI liniyasi bo‘yicha rejalashtirilgan parlamentlararo hamkorlikning xalqaro tadbirlari muhokama qilindi.

Kun tartibi bandlari bo‘yicha A.Saidov so‘zga chiqdi va u ishtirokchilar e’tiborini qonunchilik organlarini pandemiyani tizginlash bo‘yicha xatti-harakkatlarga amaliy jalb qilishning ahamiyatiga qaratdi.

Misol tariqasida Oliy Majlis faoliyatining tajribasi keltirildi, zero u mamlakatning ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muhim ustuvor masalalarni hal qilish barobarida xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni qo‘llab-quvvatladi va faol rivojlantirdi. Xususan, O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishiga va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash choralari ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi.

Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A.Saidov tomonidan PAI doirasida oshkoralikni kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi shuningdek boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ushbu yo‘nalishda to‘plangan amaliy tajribadan foydalanish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

Ayni paytda, joriy yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand anjumani haqidagi xabar yetkazildi. Ushbu anjumanning asosiy mavzusini yoshlarning huquqlarini, ularning BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi o‘rnini ta’minlash va himoyalash tashkil etadi.