“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalar uchun onlayn-tanlovlar e’lon qildi
Dunyoning ko‘pgina davlatlarida kechayotgan qat’iy karantin sabab oliy ta’lim tizimi masofaviy o‘qitish shakliga o‘tdi. Shunday sinovli kunlarda tushkunlikka tushmay, yanada ko‘tarinki ruh, shijoat bilan o‘qishni davom ettirish har bir talabaning burchidir.
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar departamenti talabalarning o‘z ustida ishlashi va rivojlanishi uchun bir qancha onlayn-tanlovlarni e’lon qildi. Ushbu innovatsion tanlovlar iqtidorli talabalarning ilg‘or g‘oyalarini o‘z loyihalari yordamida amalga oshirish yo‘li bilan rag‘batlantirish imkonini beradi. Shuningdek, O‘zbekistonning turistik sektorini rivojlantirish va o‘rganish borasida ilmiy-uslubiy yondashuvni shakllantiradi.
Onlayn-tanlovlar yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
The best article – “Eng yaxshi maqola”
Forgotten Legacy – “Unutilgan meros”
New Destination – “Yangi yo‘nalish”
The Best Tour Route – “Eng yaxshi turistik yo‘nalish”
The Best Start-up – “Eng yaxshi startap”
Contest on the theme Audio guide “New Legends of Samarkand”, (in Samarkand, Urgut regions) – “Samarqandning yangi afsonalari” audio-gidi mavzusi bo‘yicha tanlov:
“Case Championship” – “Ishbilarmonlar chempionati”
G‘oliblar quyidagi mezonlar asosida tanlanadi:
- loyihalar texnologik tomondan innovatsion;
- raqobatga dosh beradigan afzalliklar;
- loyiha biznes-modeli ishlanmasi sifati va loyiha jamoasining malakali bo‘lishi zarur.
Shuni aytish joizki, tanlovda ishtirok etgan barcha loyiha mualliflari sertifikat, g‘oliblar esa pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish 5 maygacha davom etadi.
Shohida MUSTAYeVA.