“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida volontyorlik harakati tashkil etildi
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida 120 nafar talabadan iborat volontyorlik harakatiga start berildi.
Ta’lim muassasasidagi volontyorlar harakati yoshlarning ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatini rag‘batlantirishning eng yaxshi mexanizmi bo‘lib, jamiyat rivojlanishi yo‘lidagi dolzarb muammolarni hal etishga jalb etish, g‘oya va ijtimoiy mas’uliyat qadr-qimmatini ommalashtirishda ko‘maklashadi.
2019 yil 3 dekabr kuni universitetning rivojlantirish va xalqaro munosabatlar bo‘yicha birinchi prorektori professor Azamat Akbarov volontyorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. A.Akbarov o‘z nutqida volontyorlik harakati butun dunyo ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tomonidan joriy etilgan innovatsiyalar samaradorligining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Volontyorlar harakati universitet faoliyatini ilgari surish, ommalashtirish va faollashtirishga eng yaqin ko‘makchi bo‘lib, universitetlar, jamiyat, oila instituti o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini o‘taydi.
Shoxida MUSTAYeVA,
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti axborot xizmati.