“Hamshira - 2026” g‘oliblari aniqlandi

Samarqand shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Hamshira - 2026” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Hamshiralik kasbining nufuzini yanada oshirish, sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, ularning kasbiy mahoratini yuksaltirishni maqsad qilgan tanlov avvalida so‘zga chiqqanlar bugun ushbu kasb egalariga qo‘yilayotgan talab va mas’uliyat haqida to‘xtaldilar.

Tanlov davomida ishtirokchilar bilim va tajribalarini namoyish etib, nazariy savol-javoblar, amaliy ko‘nikmalar, ijodiy mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Narpay tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi hamshirasi Muxlisa Ne’matovaga, 2-o‘rin Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali hamshirasi Yodgora A’zamovaga, 3-o‘rin Bulung‘ur tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi hamshirasi Oqilaoy Davronovaga nasib etdi.

Tadbir doirasida 14 ta hamshiralik yo‘nalishlari kesimida “Yilning eng yaxshi hamshirasi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.