Ishonchli vakil saylovchilar huzurida
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod A.Hamzayevning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Shavkat Hasanov Oqdaryo va Ishtixon tumanlarida saylovchilar bilan uchrashdi.
Oqdaryoda o‘tkazilgan uchrashuvda nomzodning saylovoldi dasturida ko‘rsatilgan davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan "Barqaror ekologik rivojlanish strategiyasi" haqida tushuncha berildi.
Ekologiya sohasidagi tarqoq qonunchilik hujjatlarini kodifikatsiya qilish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tartibi va talablari yagona sohaviy kodekslar mustahkamlanishi kabi takliflar ilgari surilayotgani saylovchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi.
Ishtixon tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturida ekologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlarini kodifikatsiya qilish orqali tabiiy resurslardan foydalanish tartibi va talablarini yagona sohaviy kodekslar, jumladan, Ekologiya kodeksi, Suv kodeksi, O‘rmon kodeksi mustahkamlanishiga oid taklif ilgari surilayotganligi haqida to‘xtaldi.
Shuningdek, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, mamlakat mafaatlariga mos keluvchi halqaro hududiy hujjatlarga qo‘shilish choralari ko‘rilishi ham ta’kidlab o‘tildi.
Ishonchli vakil saylovchilarning savollariga atroflicha javob berdi.