Ishtixon tumanidagi soyga sel keldi
- 03.02.2023 09:37
- 90
- Samarqand
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2 fevral kuni Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on mahallasidan oqib o‘tuvchi Oqtepa soydan yomg‘ir suvlari yig‘ilib, sel kelishi kuzatilgan.
Tuman FVB mas’ul xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borganda soydan oqib o‘tayotgan suv fuqarolarga zarar keltirmasdan oqib o‘tib ketayotganligi aniqlangan.
Mazkur Oqtepa soyi viloyatning Qo‘shrabot va Ishtixon tumanlaridan oqib o‘tgan bo‘lib, umumiy uzunligi 43 km, maksimal suv o‘tkazish hajmi 10-20 m.kub/soniyani tashkil etadi. Ayni damda soydan 5-6 m.kub/soniya suv xavfsiz oqib o‘tmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Burchni unutmoqlik gunohdir
- 3 soat avval
- Ruknlar
Afruza – shaxmat taxtasining haqiqiy malikasi
- Bugun, 16:46
- Sport