Ishtixonda prokuratura bog‘cha qurdi
Tuman markazidan 35 kilometr masofada joylashgan O‘zbekqo‘rg‘on mahallasida viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib berildi.
Viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Umarovga ko‘ra, bog‘cha prokuraturaning depozit hisobi va homiylar ko‘magi bilan jami 7 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurilgan. 200 o‘rinli ushbu bog‘cha allaqachon ish boshlagan.
- Shu kungacha mahallamizda faqat bitta xususiy bog‘cha bor edi,- deydi mahalla raisi Isonov Abduraim.- Aholi 4200 nafardan ortiq. Hududda bog‘cha yetishmasligi bolalarning vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish, aholini ish bilan ta’mirlash singari muammolarni keltirib chiqarardi.