Ishtixonda zamonaviy kinoteatr qurilmoqda

Ishtixon tumanidagi “Qo‘chqor Qarshiyev” mahallasida zamonaviy talablar darajasida kinoteatr qurilmoqda.

Yosh tadbirkor Dilshod Ravshanov tomonidan bunyod etilayotgan mazkur inshootning ikkinchi qavati kinoteatr bo‘lsa, birinchi qavatida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi yo‘lga qo‘yiladi.

5 milliardlik loyiha asosida qurilayotgan mazkur maskan tadbirkorning o‘z hisobidan quriladi va kredit asosida jihozlanadi.