Ishtixonlik bokschilar Osiyo chempionati g‘oliblari safida

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida boks bo‘yicha o‘smir yigit va qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ishtixonlik Nigina O‘ktamova va Iqboljon Qudratov ham yuqori natija qayd etib, terma jamoamizning umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashiga hissa qo‘shdi.
– Ikkala sportchimiz ham shu vaqtga qadar respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan, – deydi tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i Asqar Jo‘rayev. – Nigina O‘ktamova 2018 yilda 2003-2004 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida Jizzax viloyatida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqalarida 2- o‘rinni, Iqboljon Qudratov esa 2018 yilda Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqalarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Mana, endi Osiyo chempionatida o‘zlarini ko‘rsatishdi. Kelajakda ular jahon chempionatlarida ham shunday natijalarni qayd etadi. Buning uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beramiz.
Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.