Islom: mohiyat va talqin

Qo‘shrabot tumanining Zarkent qo‘rg‘onidagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand garnizoni tashabbusi bilan ana shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, tuman diniy idora vakillari, yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etgan tadbirda din niqobi ostida ish ko‘rayotgan ekstremist, aqidaparastlarning konstitutsiyaviy tuzumga qilayotgan tahdidlari, ushbu xatti-harakatlarning zararli oqibatlari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda kishilarni ogohlikka da’vat etuvchi hujjatli film namoyish etildi.

Sh.RAJABOV.