Endi navbat askarlikka

Samarqand viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlash markazida viloyatning barcha hududidan kelgan 105 nafar chaqiriluvchi yoshlar ishtirokida tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, markaz boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Qodirov, boshqarmaning chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, mayor Sh.Karimov va boshqalar bitiruvchilarni Vatan himoyasiga munosib harbiy bo‘lganliklari bilan tabrikladi. Yoshlarning markazda olgan harbiylik bilim va ko‘nikmalarini kelgusidagi harbiy xizmatda, askarlik hayotida qo‘llash kerakligi, Vatanga xizmat qilish har bir yigitning orzusi ekanligini ta’kidladi.

Tadbirda bitiruvchilar safda yurish va harbiy ko‘rgazmalarini namoyish etdi.