Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Amir Temur o‘g‘lonlari” va “Jaloliddin Manguberdi vorislari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Bugun Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonidagi harbiy qismda viloyat harbiy-ma’muriy sektor rahbari sovrini uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur o‘g‘lonlari” va “Jaloliddin Manguberdi vorislari” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Unda viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelgan o‘quvchilar “Safda qo‘shiq aytish”, “Harbiy estafeta”, ”Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish” va “Temur tuzuklari bilimdoni” shartlari bo‘yicha bahslashdi.

Murosasiz kechgan bahsda Kattaqo‘rg‘on tumani jamoasi birinchi, Paxtachi tumani jamoasi ikkinchi va Past Darg‘om tumani jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tadbirda Mudofaa vazirining o‘rinbosari Alisher Norboyev ishtirok etdi.

G‘oliblar hamda faol ishtirokchilarga harbiy ma’muriy sektor va viloyat hokimligining diplom va qimmatboho sovg‘alari topshirildi.