Ispaniyalik shifokorlar koronavirusning dastlabki ehtimoliy belgisini aniqladi
- 18.07.2020 15:49
- 1018
- COVID-19
Bir guruh ispaniyalik mutaxassislar koronavirusning yangi alomatini aniqladi. Bu haqda JAMA Dermatology jurnalida chop etilgan ilmiy maqolada xabar berildi.
Mutaxassislar 29 nafar bemorning og‘iz bo‘shlig‘ida toshmalar paydo bo‘lganini aniqladi.
O‘tkazilgan tadqiqotda 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan 21 nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemor ishtirok etdi. Ma’lum qilinishicha, bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘lgan toshmalar COVID-19 ning boshqa belgilari paydo bo‘lishidan ikki kun ilgari paydo bo‘lgan.
Biroq mutaxassislar koronavirusning ushbu yangi belgisi qay darajada keng tarqalganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega emas.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!