Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Iste’dodli aktyor Jan-Pol Belmondo vafot etdi

Mashhur va suyukli fransuz aktyori Jan-Pol Belmondo kecha, 6 sentyabr kuni hayotining 89-yilida olamdan o‘tdi.

Aktyorning advokati ma’lum qilishicha, Belmondo Parijdagi uyida vafot etgan.

Artistning vafoti munosabati bilan Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va ko‘plab boshqa davlat vakillari hamdardlik bildirishmoqda.

“U har doim ajoyib inson bo‘lgan. Jan-Pol Belmondo Fransiyaning milliy boyligi edi. U xushchaqchaq fe’li va jarangdor ovozi bilan atrofni shodlikka to‘ldirardi. Jo‘shqin jasorat va so‘z sehrgari. Biz hammamiz unda o‘zimizni topdik”, deb yozdi Makron Twitterda.