Jerar Deparde yana O‘zbekistonda

Dunyoga mashhur fransuz aktyori Jerar Deparde O‘zbekistonga keldi. Bugun soat 14:00 da Islom sivilizatsiyasi markazida u bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktyabr kuni Parijda Jerar Deparde va “Buyuk Ipak yo‘li” nomi ostidagi loyiha ishtirokchilarining O‘zbekiston haqida hujjatli film ishlashi va uni Fransiya va O‘zbekiston telekanallarida namoyish etish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi S.Rustamboyev, “O‘zbekkino” milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov va «B-Tween Production» kompaniyasi bosh direktori Arno File ishtirok etgan.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ham ushbu loyihaning  hammuallifi hisoblanadi.