Italiyada yubka kiygan erkak qamoqqa olinadi. Bu fakt...

- Avstraliyada shahar bo‘ylab qop-qora libos kiyib yurish ta’qiqlanadi. Shu bilan birga Betmen libosini kiyib yurish ham mumkin emas...
- Meksikada birovning mo‘ylovini ustidan kulish umuman mumkin emas. Hattoki suratdagisiga ham...
- Montanada ayol pochta orqali eriga kelgan xabar yoki xatni yashirib qo‘ygan bo‘lsa jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma’lum miqdorda jarima to‘laydi.
- Indianada sarimsoq iste’mol qilgan fuqaro to‘rt soatgacha jamoat transportiga chiqishi mumkin emas. Shuning bilan birga madaniy hordiq chiqariladigan joylarga ham borishi man etiladi.
- Arkanzasda kechki soat oltidan keyin itlarning hurishi ta’qiqlanadi.
- Birmada noqonuniy kompyuterni uyida saqlagan kishi 15 yillik qamoq jazosini olishi tayin.
- Yaponiyada imperator buyrug‘iga binoan 1603 yildan buyon suzish maktab darsligiga fan sifatida kiritilgan.
- Italiyada yubka kiygan erkak qamoqqa olinadi.
- Fransiyada cho‘chqalarga Napoleon deb nom qo‘yish mumkin emas.
- Singapur ko‘chalari ozodaligi bilan dunyoda eng oldingi o‘rinda turadi. Ko‘chaga axlat tashlagan odam (oddiy qog‘oz bo‘lagi bo‘lsa ham) 600 dollar jarima to‘laydi. Shuning uchunmi bu yerda saqich sotish ta’qiqlangan.
- Londondagi har qanday sohildan o‘lik holda topilgan kitning kallasi qirolga tegishli. Dumi esa qirolichaniki bo‘ladi.

- Joliteda (Illinoys shtatida) ayol kishi do‘konga kirib, oltitadan ziyod libosni kiyib ko‘rsa, qamaladi.

- Dunyoda ilk bora muallif huquqi degan qonun 1710 yili Angliyada paydo bo‘lgan.
- Dunyoda ilk bora 1151 yilda Islandiyada vabo kasalligi va yong‘in uchun sug‘urta qildirish amalga oshirilgan.
- Vashingtonda qurilayotgan binolar Jorj Vashington haykalidan baland bo‘lib ketmasligi kerak.
- Shveysariyada orden va medallar umuman yo‘q. Bu bilan ular fuqarolarini qonunan birday ko‘rishini isbotlamoqchi bo‘lishgan.
- Kembrij qonuniga ko‘ra ko‘chada tennis o‘ynash qat’iyan ta’qiqlanadi.
- Uragvayda 1992 yilgacha duelga ruxsat etilgan.
- Shvetsiyada it egasi uning bo‘yiga qarab soliq to‘lasa, Norvegiyada itning uzunligiga qarab soliq olinadi.
- Zambiya qonunlariga ko‘ra sayyohlar pigmey (past bo‘yli) odamlarni suratga olishi mumkin emas.