Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jahon chempioni nega xafa bo‘ldi?

Shaxmat tarixida beshinchi jahon chempioni, 80 yoshli Nona Gaprindashvili «Qirolichalar yurishi» seriali uchun Nettlixni sudga berdi.
Film lavhalaridan birida «Gaprindashvili hech qachon erkaklar bilan o‘ynamagan» degan ibora bor. Shaxmatchi ayol buni inkor etishlarini talab qiladi. Negaki, u hatto Spasskiy va Tal bilan dona surgan ekan. U 5 million dollar moddiy tovon to‘lashni talab qildi.

***

«Samoviy yo‘lga»
Qrimda Ay-Petri jarligi ustida qaltis «Samoviy yo‘lka» yangi yo‘nalish ochildi. Tor sun’iy yo‘lkaning uzunligi 360 metr.

U Ay-Petri qoyalari bo‘ylab boshqa qoyaga mahkamlangan. Yangi yo‘nalish jarlik ustidagi arqon ko‘prik bilan bog‘langan. Ay-Pegri ikki cho‘qqisi orasida tutashadi. U 1234 metr balandlikda sayyohlarni sug‘urta simli ipi orqali bellaridan ushlab turadi. Ular jahannam qa’riga qulab tushishdan qo‘rqishmasa ham bo‘ladi. «Samoviy yo‘lka» mutlaqo xavfsiz.

***

Umr yo‘ldoshning pensiyasini qanday olish mumkin?
Umr yo‘ldosh vafotidan keyin uning pensiyasi agar bevanikidan ko‘p bo‘lsa, u o‘ziniki o‘rniga vafot etgannikini olishi mumkin.
Ammo uning uchun beva qolgan umr yo‘ldoshi ishlamaydigan pensioner yoki nogiron bo‘lishi kerak. Agar ushbu pensiyani oluvchi har xil ushlab qolishlardan norozi bo‘lsa, yana o‘z pensiyasini olishga haqli deb izoh beradi Rossiya pensiya jamg‘armasi vakili.

T.Shomurodov («AiF» 2021 y, 38-son) tayyorladi.