Jamg‘arib boriladigan pensiyani meros tariqasida olish mumkinmi?

Qonunchilikka ko‘ra, fuqarolar jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini davlat pensiyasiga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan taqdirda olishlari mumkin.

Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar merosga o‘tadi va merosxo‘rga bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi.

Fuqaro O‘zbekiston hududidan tashqariga doimiy yashashga chiqib ketayotgan bo‘lsa, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi.