Jamoatchilik nazorat guruhi ikki kunda 100 dan ortiq xonadonda bo‘ldi. Natijada...
- 21.01.2019 15:40
- 314
- Jamiyat
Viloyat hokimligi jamoatchilik nazorat guruhlari Payariq tumanida xonadonma-xonadon yuribdi. Aholini nima ko‘proq qiynayapti, ularning asosiy muammosi nima? Guruhlarning kunlik faoliyati sarhisob qilinib, ko‘tarilgan masalalar mutasaddilar ishtirokida muhokama etilmoqda. Misol uchun, ikkinchi guruh tomonidan ikki kun davomida Payariq tumani Yangiobod mahallasidagi 30 ta xonadonga kirilib, qator muammolar qayd etildi. Bu muammolarning 10 tasi hal etildi. Jumladan, Yangiobod mahallasidagi Kampiro‘ldi qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Soliya Kubayeva 2018 yildan kasallik sabab yura olmaydi. 1986 yilda tug‘ilgan farzandi Sunnat Kubayev ruhiy kasal bo‘lib, I guruh nogironi. O‘rganish natijasida Soliya Kubayevaga nogironlik aravachasi hamda dori-darmonga ehtiyoji borligi aniqlandi.
Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa