Janubiy Afrika «katta falokat» girdobida
- 14.04.2022 15:16
- 62
- Xorij
Janubiy Afrikada suv toshqini qurbonlari soni 300 nafarga yetdi. Prezident Siril Ramafosa voqeani "katta miqyosdagi falokat" deb atadi. Chorshanba kuni u suv toshqinlari va ko‘chkilardan jabr ko‘rgan Durban shahri chekka aholisi bilan uchrashdi.
Bu odamlarning ko‘pchiligi qarindoshlaridan ayrilgan, uylari vayron bo‘lgan. Fojia joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Butun Kvazulu-Natal viloyati provinsiyasi ofat hududi deb e’lon qilindi. Boshpanasiz qolgan mahalliy aholi qochishga majbur, biroq yo‘llar jiddiy shikastlangan, ko‘priklar vayron bo‘lgan.
Toshqinning sababi so‘nggi 60 yildagi eng kuchli va uzoq davom etgan kuchli yomg‘ir bo‘ldi. Olimlarning fikricha, noqulay ob-havo iqlim o‘zgarishining bir namoyishidir. Sinoptiklar dam olish kunlari yomg‘ir yanada ko‘proq yog‘ishini taxmin qilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa