«JCh–2022»: Yana uch ishtirokchi qaysi jamoalar bo‘ladi?

Kelgusi yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida 32 terma jamoa ishtirok etadi. Ulardan 13 tasi Yevropa mamlakatlari terma jamoalaridir.

Dastlabki saralash o‘yinlarida o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan 10 jamoa yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bular: Serbiya, Ispaniya, Shveysariya, Daniya, Belgiya, Fransiya, Xorvatiya, Germaniya, Angliya, Gollandiya.

Xo‘sh, qolgan uch yo‘llanma qaysi terma jamoaga nasib etadi?
Bu o‘zaro kurash olib boradigan 12 jamoadan uchtasiga nasib qiladi. Buning uchun ular 3 guruhga bo‘linib, yo‘llanma uchun kurashadi. O‘z guruhida 1-o‘rinni egallagan uch jamoa yo‘llanma egasi bo‘ladi.
Bu 12 jamoa: Shotlandiya, Rossiya, Ukraina, Uels, Avstriya, Polsha, Chexiya, Shvetsiya, Italiya, Makedoniya, Portugaliya, Turkiya.
Ko‘rinib turibdiki, barchasi kuchli jamoalar. Bu esa kurash qizg‘in bo‘lishidan dalolat beradi.