Qatarda mamlakat tarixida birinchi parlament saylovlari boshlandi

Birinchi saylov uchastkalari bugun, 2 oktyabr kuni butun mamlakat bo‘ylab 30 ta okrugda ilk bor bo‘lib o‘tadigan Mejlis as-Shura (parlament vazifalariga ega maslahat kengashi)da ochildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, maslahat kengashining 30 o‘rni uchun 284 nomzod (ulardan 10 foizi ayollar) kurash olib bormoqda. Saylovchilar soni 300 mingga yaqin.

Saylov qoidalariga ko‘ra, nomzodlar saylov jarayonini kuzatish uchun saylov uchastkalarida bo‘lishi mumkin, lekin ularga saylovchilar bilan muloqot qilish taqiqlangan. Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan 20:00) da tugadi. Endi ovozlar sanalgach, bugunoq e’lon qilinadi.

Qatarliklar bir ovozdan mamlakatdagi birinchi saylov kunini tarixiy deb atashdi. "Qatar tarixiy kunni o‘tkazmoqda. Mejlis al-Shura a’zolarining birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlari farovonlik va taraqqiyot sari katta qadam", dedi qatarlik publitsist Jaber al-Xarmi RIA Novostiga.

Maslahat kengashi 1972 yilda Qatarda amir Xalifa bin Hamad Al Taniy boshchiligida tuzilgan bo‘lib, u davlat rahbari tomonidan tayinlangan 20 kishidan iborat edi.

 

Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, maslahat kengashi saylovdan keyin rasman qonun chiqaruvchi organga aylanishi kerak. Unga deputatlarning uchdan ikki ovozi va amirning roziligi bo‘lgan taqdirda byudjet parametrlarini tasdiqlash, qonun loyihalarini ishlab chiqish, muhokama qilish va ovozga qo‘yish vakolati berilgan. Bundan tashqari, kengash vazirliklar faoliyatini nazorat qiladi va ularga ishonchsizlik votumi e’lon qilish uchun ovoz berishi mumkin.

Deputatlarning vakolat muddati - to‘rt yil. Majoritar tizim bo‘yicha 30 deputat (30 saylov okrugidan bitta deputat) umumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashirin ovoz berish jarayonida saylanadi. Qatarning 30 yoshdan oshgan, arab tilini yaxshi biladigan, sudlanmagan, jumladan axloqsiz xatti-harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmagan mahalliy aholisi deputatlikka nomzod bo‘lishi mumkin. Bu qaror nomzodlarni ko‘rsatish huquqidan mahrum bo‘lgan bir qator Qatar oilalarining g‘azabini qo‘zg‘atdi. Chunki mustaqillik davlatlari rasman e’lon qilinishidan oldin ularning badaviy qabilalari bo‘lgan ajdodlari bu hududda yashagan.

18 yoshdan oshgan, sudlanmagan tub aholi ovoz berish huquqiga ega.

G.Xoldorova tayyorladi.