Qatar "Toshkent — Samarqand" yo‘nalishida tezyurar poyezdlar uchun temiryo‘l qurishni rejalashtirmoqda
- 24.11.2023 11:43
- 144
- Samarqand
Turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Qatarning Power International Holding kompaniyasi raisi o‘rinbosari Moris Gattas hamda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Tomonlar O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish va ularga sarmoya yo‘naltirish masalalarini ko‘rib chiqqan. Ta’kidlanishicha, Qatar kompaniyasi O‘zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishga investitsiya kiritadi.
Kompaniya "Toshkent - Samarqand" yo‘nalishida tezyurar poyezdlar uchun temiryo‘l qurilishiga mablag‘ ajratmoqchi. Bundan tashqari, shu yo‘nalishda pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ham bor.
Shuningdek, mamlakatning tarixiy shaharlarida mehmonxonalar qurish, Toshkent viloyatida xalqaro umummavsumiy tematik bog‘ barpo etish loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilingan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
QALAMGA SADOQATLI INSON
- 57 daqiqa avval
- Mutolaa
Xantavirus qanday kasallik?
- Kecha, 10:07
- Salomatlik
Jurnalistikada tezkorlik muhimmi yoki haqiqat?
- 28/05, 20:58
- Jamiyat
To‘yga ko‘p kelgani yaxshimi yoki kim kelgani?
- 28/05, 11:48
- Mutolaa
Shohona satrlar sohibi Ubaydiy haqida bilasizmi?
- 28/05, 10:49
- Mutolaa