Jinoyatlarning 88 foizi ayollar tomonidan sodir etilgan
- 12.12.2019 12:00
- 167
- O‘zbekiston
Bugungi kunda respublikamizda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar barcha jabhalarda qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Shu bilan birga, huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada barcha turdagi jinoyatchilik 2017 yilda 15,7 foizga, 2018 yilda 33,5 foizga, 2019 yilning 11 oyida 24 foizga pasayganligini e’tirof etish lozim.
Amalga oshirilayotgan tadbirlarning samarasi sifatida hozirgi kunga kelib odam savdosi jinoyatchiligining kamayib borayotganligini kuzatish mumkin.
Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2017 yilda 305 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ularning soni 2018 yilda 123 tani, joriy yilning 11 oyida esa 84 tani (2018 yilning 11 oyida 113 ta) tashkil etgan.
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, sodir etilgan jinoyatlarning 88 foizi ayollar tomonidan sodir etilgani achinarli holat.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa