Jomboy tumani “to‘rtligi” ham ishdan ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat, tuman va shahar sektorlar rahbarlari, viloyat faollari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, sektorlar faoliyati tanqidiy tahlil etildi.
Majlis yakunlari bo‘yicha Jomboy tumani hokimi Umid Nazarov, uch sektor rahbarlari – tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshliqlari ham ishdan olingan.