Jomboyda namunaviy saylov o‘tkazildi

Jomboy tumanida yirik siyosiy jarayon – Qonunchilik palatasi va hududiy Kengashlar deputatligiga saylov uchun qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Bugun yengil sanoat kasb-hunar kollejida joylashgan 289-saylov uchastkasida namunaviy tarzda amaliy trening o‘tkazildi. Repetitsion shaklda tashkil etilgan tadbirda hudud uchun tayinlangan trener A.To‘g‘izboyev uchastka komissiyasi raisi, o‘rinbosari va a’zolarining vakolatlari, saylovchilar, mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar huquqi, majburiyatlari haqida tushuncha berdi. Hududlarda saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish, saylov qonunchiligiga qat’iy amal qilish, saylov targ‘iboti qoidalari kabi masalalar muhokama etildi.

Saylov jarayoni amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Tadbirda tuman hokimi H.To‘ychiyev hamda adliya bo‘limi boshlig‘i P.Ahmedov qatnashdi.

- Saylash huquqi bu har bir insonning o‘z irodasini erkin ifoda etish imkonidir, - dedi hokim. - Shunday ekan, aholiga to‘g‘ri tushuncha berishimiz, o‘z siyosiy istagini to‘lqonli ifodalashiga imkon yaratishimiz zarur. Bu borada mas’uliyatni o‘zimizdan boshlashimiz talab etiladi.

Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati.