Jurnalistlar Samarqand shahridagi tunnel qurilishini borib ko‘rdi (foto)
- 13.09.2019 13:46
- 593
- Fotoxabarlar
Samarqand shahrida tashkil etilgan press-tur ishtirokchilari Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilayotgan transport tunneli qurilishi bilan tanishdi.
- Loyiha qiymati 67,7 milliard so‘m bo‘lgan mazkur tunnelni qurish ishlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Ko‘prikqurilish» tresti unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda, - deydi shahar hokimligi mutaxassisi Feruz Najmiddinov. - Tunneldagi yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 534 metrni tashkil etadi. Shuningdek, Bo‘stonsaroy ko‘chasi bo‘ylab kengligi 6 metr, balandligi 3 metr bo‘lgan piyodalar yer osti o‘tish yo‘lagi quriladi. Ro‘dakiy ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan tramvay yo‘li ham tunnel ostidan o‘tadi.
Qurilish ishlari munosabati bilan ikkinchi - «Temiryo‘l vokzali - Siyob bozori» yo‘nalishida tramvaylarning qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa