Juvozchi otaxon jazolandi

Samarqand  tumanida tug‘ilgan N.Misirov ishsizligi sababli Ravonak mahallasida o‘z uyida yashirin sex tashkil qilgan. Sexda qo‘lbola usulda yasalgan ikki dona juvoz uskunasi bilan chigitdan iste’molga yaroqsiz yog‘  tayyorlab, noqonuniy tarzda sotib kelgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va MIB Samarqand tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida uning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudi sudyasi D.Nuraliyev raisligida o‘tgan ochiq sud majlisida 60 yoshli N.Misirovga 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.