15 kunda 73 nafar noqonuniy tadbirkorlar faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida mamlakatimizda karantin e’lon qilingan kundan buyon kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlarning narxi nazorat qilib kelinmoqda.

Joriy yilning 17-31-mart kunlari hamkorlikda 73 marta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, hujjatsiz savdo-sotiq bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning mahsulotlari vaqtinchalik olib qo‘yildi. 2 ta holatda himoya niqoblari, 1 ta holatda antiseptik vositalar, 27 ta holatda hujjatsiz kartoshka sotayotganlar, 9 ta holatda yog‘ mahsulotlari, 4 ta holatda un va 30 ta holatda boshqa mahsulotlarni noqonuniy sotayotgan "tadbirkorlar" faoliyatiga nuqta qo‘yildi.

Achinarlisi nazorat tadbirlarida eng ko‘p hujjatsiz kartoshka sotayotganlar aniqlandi. Sinovli kunlarda ulgurji bozordan arzonroq olib, ustiga qo‘yib, ya’ni narxni oshishiga sabab bo‘lgan “tadbirkorlar” aholining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.