Nafsni emas, vijdonni o‘ylash kerak
- 06.04.2020 16:00
- 342
- Iqtisodiyot
Mamlakatimizda koronavirus tarqalishi tufayli e’lon qilingan karantin davrida mutasaddi tashkilotlar hamkorligida oziq-ovqat mahsulotlari narxining asossiz oshirilishining oldini olishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramay, o‘z nafsini o‘ylab, vaziyatdan foydalangan holda mo‘may daromad ilinjida harakat qilayotganlar ham yo‘q emas.
Toyloq tumani davlat soliq inspeksiyasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toyloq tumani bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro M.X. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va qimmat narxda o‘simlik yog‘ini sotayotganligi aniqlandi. Nazorat tadbirida fuqarodan jami qiymati 1560000 so‘mlik 158 litr 200 gramm o‘simlik yog‘i olib qo‘yildi.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.