Juz otamding aytuvi... (Ming jilliq gaplar)

Juzding bolasiman-ey, Shuytippa, shundanma, ming jildan berisi jurt kezip, jumalab, elding ovzidan tushgan tuyur gapti tergilap jurgan.

O‘tirik aytgim jo‘q - nima deb otam jiynag‘an bo‘sa, jozgan bo‘sa, otamdan og‘anman, enamdan og‘onman. Bo‘ppa!

- Sabaqsizding o‘lgani joxshi, sobaqlining ko‘mgani.

- Tabaqli to‘ydiradi, tabaqsiz uydiradi.

- O‘n jillik qizmat o‘mganingdi uzsa, qirq jillik minnat ko‘kayingdi kesar.

- O‘ttiz jilliq o‘tirik qoboqti joripti, minnatli sho‘rpa toboqti...

- Mingdi biri tuvri, qog‘oni bor-barakay.

- Juzding oti jilli.

- Jarganakdan chiqqan jahondi buzar.

- O‘tirsangam juvon qoziqqa o‘tir, osilsanggam...

- Juvoldiz orqondi sudragan ekan.

- Jonsizding joni aziz, eshshakting orqani...

- Chillashirdi it qovub, duvding boydi it quvg‘anakan!

- It semirsa jotoq.

- Ko‘ngilsizding jotqoni turpoq.

- Minnatlining sho‘rpasi qirq jildanam keyin ovizdi kuydiradi.

- Irgajalining mo‘yni uzunakan.

- Irgada turgan pildir-pis, toshqorida haybarak.

- Tumoqlidan ish so‘ra, tumataydan gap!

- Sak boladan ishti so‘ra, to‘q boladan tashvishti!

- Sossiq oviz gul chaynal.

- Jong‘i ustaning duvoli qiyshiq.

- Ushog‘ini jeding, qoriz bo‘lding.

- Qoshshoqting qo‘yni sovuq!

- Odomding pishqirig‘i - otting jeli.

- Saltong boydan ish, jaltang boydan gap so‘ra!

- Jalpatak tomoshaga boripti!

- Oyibli ijqiriqdan qo‘rqar.

- Pishqirig‘i jurakti jorar, ishqirig‘i toshdi joradi.

- Siylidan siy ko‘rasan, qiylidan qiy.

- Otting oyog‘i to‘rtta.

- Odamding sossig‘i – itga qorindosh.

- Eshshak kulga ovnaydi.

- So‘zing o‘lsa ko‘zing jiltiraydi, sazang o‘lsa juzing.

- Tuvri gap egasini qo‘rqitipti.

- Nasiyaning nog‘i bo‘mas, ko‘ssovding og‘i.

- To‘rg‘aychi bo‘g‘incha, qo‘rg‘ovchi bo‘.

Salohiddin SANAQULOV.