Kaftingizga qarab, sog‘ligingizni aniqlashingiz mumkin
Tanamizning har bir qismi ichki a’zolar faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Xususan, qo‘l kafti terisidagi qizarish, qichishish yoki toshma toshishi u yoki bu kasallik alomati bo‘lishi mumkin. Quyida ana shu holatlar bilan tanishamiz.
✍Qo‘l kaftining ichki qismiga qarang. Agar ushbu sohadagi teri yuzasi tez-tez qizarib yoki rangpar tusga kirsa, jigar faoliyatida biror o‘zgarish yuz berayotganini bildirishi mumkin.
✍Bordiyu barmoq uchi qizarib tursa, ovqat hazm qilish tizimida bezovtalik borligiga tahmin qilinadi.
✍ Taomlangandan so‘ng qorinda og‘irlik bo‘lishi, jig‘ildon qaynashi kabilarga diqqat qiling.
✍Bosh barmoq yuzasining qizarib, tez-tez qichishishi jinsiy a’zolar faoliyatiga doir o‘zgarishlarga ishora qiladi.
✍Qo‘l kafti terisidagi marmar naqshni eslatuvchi izlar vegetativ nerv tizimidagi buzilishlardan darak beradi. Ehtimol so‘nggi kunlarda qattiq asabiylashayotgandirsiz.
✍ Qo‘l kaftining ustki qismida teri qizarishi, qichishish yoki yorilishini sezsangiz, organizmingiz A va D vitaminlariga ehtiyoj sezayotgan bo‘ladi. Agar teri qichishishi tunda ham bezovta qilsa, zamburug‘larga tahlil topshirib ko‘ring.
✍ Barmoq uchining muzlab qolishi – qon aylanishi bilan bog‘liq buzilishlardan darak beradi.
✍ Qo‘l kaftingizni yuzingizga tekkazganingizda issiqlikni sezsangiz, jigaringiz tozalash ishlariga qiynalayotganini bilish mumkin.
✍Tez-tez qo‘l kaftida bir nimalar o‘rmalayotgandek tuyulsa, endokrin tizim faoliyatini tekshirtiring.
✍ Qo‘l terisining oqaringan ko‘rinishi qonda gemoglobin miqdorining pastlab ketganini anglatadi. Bu holatda zudlik bilan shifokorga murojaat eting.
✍ Ko‘rsatkich barmoqning tez-tez uvishib qolayotgani yurak-qon tomir tizimidagi o‘zgarishlardan darak berishi mumkin. Yurak sohasi va kurakdagi o‘zgarishlarga diqqat qiling.
✍ Qo‘l kaftining ichki qismidagi teri qalinlashib, dag‘allashib ketsa, o‘t xaltasidagi muammolarga ishora bo‘lishi mumkin.