Kaliforniyada birato‘la 80 kishi kiyim-kechak do‘koniga o‘g‘irlikka tushdi
- 22.11.2021 11:38
- 37
- Xorij
80 ga yaqin odam Kaliforniyaning Uolnat Krik shahridagi kiyim-kechak do‘konini o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda, deya xabar beradi mahalliy politsiya.
O‘g‘rilik juma kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Bosqinchilar ikki xodimga hujum qilgan, biri yuziga qalampirli suyuqlik sepgan. Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan ofitserlar avtomashinada ikkita gumonlanuvchini qo‘lga olishgan. Ulardan biri qurollangan edi. Uchinchi gumonlanuvchi do‘kon yaqinida o‘g‘irlangan buyumlar bilan qo‘lga olingan. Hibsga olinganlar 18 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga talonchilik, til biriktirish va o‘g‘irlangan narsalarni saqlashda ayblangan.
“Jinoiy faoliyatning qolgan ishtirokchilari avtomashinalarda tezda qochib ketgan”, -deyiladi xabarda.
Politsiya jinoyatni rejalashtirilgan harakat deb atadi. Bosqinchilarni qidirish davom etmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa