COVID-19 sababli AQShning Kaliforniya shtati 8 mingga yaqin mahbusni ozodlikka chiqaradi
- 12.07.2020 09:15
- 67
- COVID-19
AQShning Kaliforniya shtati jazoni ijro etish va (shaxsni) qayta tiklash departamenti (CDCR) koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida avgust oyining so‘nggiga qadar 8 mingga yaqin mahbusni ozodlikka chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda departament matbuot xizmati xabar qildi.
CDCR bayonotida keltirilishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida mart oyidan beri amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida shtat qamoqxonalaridagi mahbuslar soni tahminan 10 ming nafarga kamaytirilgan.
“Ushbu chora-tadbirlar mahbuslar va xodimlar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda”, deya ta’kidladi CDCR rahbari Ralf Diaz.
Shu bilan birga, qamoq muddati tugashiga bir yildan kam qolgan va zo‘ravonlik xarakatlarini amalga oshirishga moyilligi yo‘q bo‘lgan mahbuslargina ozodlikka chiqarilishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa