Kaliforniyada yangi uy tomida quyosh panellari albatta o‘rnatilishi kerak
Bizda esa elektrchilar yozda uzilish bo‘lmaydi degan va’da beradi, qishda dispetcherlar ham javob bermay qo‘ya qoladi.
Kaliforniya Energiya komissiyasi (AQSh) yangi qurilayotgan uylar tomida quyosh batareyalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullabdi. Hujjatga ko‘ra, shtatdagi barcha ishlab chiqaruvchi tijorat binolariga quyosh panellari o‘rnatilishi shart.
Loyiha faqat tijorat binolari, mehmonxona, ofis, tibbiyot muassasalari, kinoteatrlar, chakana savdo va oziq-ovqat do‘konlari, restoran va maktablarga tegishli.
Ushbu yangilik qurilish standartlari komissiyasi qonun loyihasini ko‘rib chiqqanidan so‘nggina, 2023 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi kutilmoqda.
P/s: To‘g‘ri, qonun loyihasini hali ko‘rib chiqishlari kerak. Lekin Amerikaday taraqqiy etgan davlatda muqobil energiya manbalari haqida o‘ylashayotgani qiziq. Biz qachon bu haqda bosh qotiramiz?
Bizning deputatlar jamiyat rivojiga xizmat qiladigan shu kabi yangicha qarashlardagi qarorlarni qachon qabul qilisharkan-a?!